Published On Premiered May 9, 2024
Ishonchim komilki, ko’pchilik bu hodisani avval ham boshdan kechirgan. Ba’zan kech bo’lganda, hayolingizga nimadirlar to’satdan kela boshlaydi. Bunday holatda sizda tushkunlik sababli ham bo’lgan bo'lishi mumkin, lekin ba’zan siz birdan qanday bo'lmasin, siz hayotingizda qandaydir o'zgarishlar qilishingiz kerakligini anglab qolasiz. To'satdan sizga qandaydir foydali ish qilishingiz kerakligi haqida hayol keladi, va hatto buni qilish uchun sizda motivatsiya ham paydo bo’lishi mumkin. Siz o’zingiz uchun yangi, aniq va foydali mahoratni o'rganishingiz kerakligini tushunub yetasiz. Siz tez-tez jismoniy mashq qilishni boshlashingiz kerakligini, o’zingizga etibor qaratishni, uchrashuvlarga kechikmaslikka va loyihalarni o'z vaqtida yakunlashga qaror qilasiz. Ammo kech bo'ldi va siz uxlashingiz kerak, o'zingizga bu yangi jarayonni ertaga boshlashingiz mumkinligini uqtirasiz. Biroq, ertasi kuni ertalab uyg'onganingizda, siz yangi odam sifatida uyg'onmaysiz, o'zingizni avvalgidek his qilasiz. Siz xuddi o'sha-o’sha odam bo’lib uyg'ondingiz, hech qanday o’zgarish yo’q, o'zingiz rejalashtirgan o'zgarishlarni amalga oshirish uchun esa hech qanday motivatsiya qolmagan.
___________________________________________________________________________
Modul5 loyihasi doimiy kuzatuvchilarning qo’llab-quvvatlashiga muhtoj. Yangi videolarni o’tkazib yubormaslik uchun loyihamizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring, izohlar yozing va layklarni ayamang.
Modul5 jamoasi siz uchun sifatli va qiziqarli kontent tayyorlashdan to’xtamaydi!
"Loyihalar boshqaruvi markazi (MPMG)" tomonidan tayyorlangan
Modul5 loyihasining ijtimoiy tarmoqdagi manzillariga obuna bo'ling:
Instagram: / modul_5
Telegram: https://t.me/Modul_Five
TikTok: https://vm.tiktok.com/ZSmeHKd1/
Loyiha uchun barcha taklif va fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.