"Ma’rifat ulashib" madaniy-ma’rifiy tadbiri Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
NTSI NTSI
214 subscribers
130 views
3

 Published On Sep 28, 2024

#marifat_ulashib
"Ma’rifat ulashib" madaniy-ma’rifiy tadbiri Namangan to‘qimachilik sanoati instituti va Namangan tumanidagi 18 hamda 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida katta shukuh bilan o‘tkazildi!

Ushbu tadbir ezgu g‘oya va ma’rifiy qadriyatlarni targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, yoshlarda bilimga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbirda yurtimizning taniqli ijodkorlari ishtirok etishi kechaga yanada fayz kiritdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri birinchi o‘rinbosari Nosirjon Jo‘rayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi rahbari, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi va "Eng ulug‘, eng aziz" tanlovi sovrindori Ziyoviddin Mansurov mehmon sifatida ishtirok etdilar.

Ushbu uchrashuv yoshlar uchun ilhom manbai bo‘lib, ma’rifat va ijodiy ruhni yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

show more

Share/Embed