“Ichki ishlarimizga aralashmang!” Toshkent va Moskvaning yangi diplomatik mojarosi
Ozodlik Radiosi Ozodlik Radiosi
3.03M subscribers
96,593 views
1.7K

 Published On Premiered Oct 2, 2024

Ҳар йили 1 октябр куни Ўзбекистонда ўқитувчилар ва мураббийлар куни нишонланади. Бу кунда ўқитувчилар эъзозда, улар меҳнатига раҳмат айтилади, байрам қилинади.
Аммо, бу йилга сана арафасида Тошкентда юз берган ҳодиса нафақат ўқитувчилар куни, балки Ўзбекистон ва Россия ўртасилдаги муносабатларга ҳам соя солди.
Жанжалга сабаб бўлган ҳодиса 23 сентябрь куни Тошкентнинг Чилонзоридаги мактабда содир бўлганди. Рус тили дарсида ўқитувчи аёлдан 10 ёшли ўқувчи нега рус тилида гапирмаётганини сўраганидан сўнг, унинг қулоғини тортиб, юзига тарсаки туширди. 25 сентябрь куни Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова интервьюсида Россия "Ўзбекистон томонидан расмий тушунтириш талаб қилганини" маълум қилди. Мактабдаги ўқитувчи ва ўқувчи ўртасидаги можаро икки давлат идоралари муҳокамасига тушди.
Россиянинг Ўзбекистон мактабларига аралашиши, ўз навбатида, Ўзбекистонда кучли норозиликка сабаб бўлди.

🔴 Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali
🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews

Har yili 1-oktyabr kuni O‘zbekistonda o‘qituvchilar va murabbiylar kuni nishonlanadi. Bu kunda o‘qituvchilar e’zozda, ular mehnatiga rahmat aytiladi, bayram qilinadi.
Ammo, bu yilga sana arafasida Toshkentda yuz bergan hodisa nafaqat o‘qituvchilar kuni, balki O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasildagi munosabatlarga ham soya soldi.
Janjalga sabab bo‘lgan hodisa 23-sentyabr kuni Toshkentning Chilonzoridagi maktabda sodir bo‘lgandi. Rus tili darsida o‘qituvchi ayoldan 10 yoshli o‘quvchi nega rus tilida gapirmayotganini so‘raganidan so‘ng, uning qulog‘ini tortib, yuziga tarsaki tushirdi. 25 sentyabr kuni Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova intervyusida Rossiya "O‘zbekiston tomonidan rasmiy tushuntirish talab qilganini" ma’lum qildi. Maktabdagi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi mojaro ikki davlat idoralari muhokamasiga tushdi.
Rossiyaning O‘zbekiston maktablariga aralashishi, o‘z navbatida, O‘zbekistonda kuchli norozilikka sabab bo‘ldi.

#ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #shavkatmirziyoyev #ukraina #rossiya #urush #bosqin #vladimirputin

show more

Share/Embed