Xushnudbek Xudoyberdiyev: 1 daqiqada partiyalar haqida fikrlar (2014-yil)
Xushnudbek Xudoyberdiyev Xushnudbek Xudoyberdiyev
217K subscribers
160,391 views
6.8K

 Published On Nov 10, 2019

Ikki daqiqalik chellenjlarni ko‘rib, 2014-yildagi saylovlar esimga tushib ketdi.

Saylov oldidan siyosiy partiyalar o‘rtasida turli mavzularda teledebatlar tashkil qilingan. Eng oxirgi teledebat 2014-yil 19-dekabr kuni sud-huquq mavzusida bo‘lgandi.

O‘shanda opponent partiyalarning saylov dasturi haqidagi fikrlarimni 1 daqiqa ichida aytishga harakat qilganman. To‘g‘ri, nutqim 1 daqiqayu 37 soniya bo‘lib, biroz oshib ketgan, lekin har holda 2 daqiqadan oshmagan :))

P.S.: 5 yil oldin ancha yosh, g‘o‘r va tajribasiz bo‘lganman, shu sababli fikrlarimda xato ko‘rsangiz, to‘g‘ri tushunasiz degan umiddaman.

❗️Noto‘g‘ri talqin bo‘lmasligi uchun oldindan aytmoqchimanki, hozirda hech qaysi partiyaga a’zo emasman va yaqin orada a’zo bo‘lish niyatim ham yo‘q. Joriy saylovlarda esa nomzodimni qo‘ymaganman va bunga harakat ham qilmadim.

https://t.me/xushnudbek

#xushnudbek #saylov #partiya

show more

Share/Embed