Bu uch ishdan birini qilmadimi – ayolingizni ko‘chaga haydamang! | @Abdukarim Mirzayev
YO`LDAGI ODAM YO`LDAGI ODAM
1.14M subscribers
3,280,594 views
70K

 Published On Premiered Oct 30, 2021

Men bu hayotda bittagina rishtani haqiqiy rishta – bog‘ich deb bilaman. U ham bo‘lsa, oila bog‘ichidir. Qolgan hammasi tuflining bog‘ichi…

Do‘stlar! Hayotdagi eng katta boylik – baxtli oila sohibi bo‘lishdir. Bu sohiblikni na pul bilan, na kuch-qudrat bilan qo‘lga kiritish mumkin.

Unutmaslik kerakki, oila va davlatni boshqarish o‘rtasida, aslida, uncha katta farq yo‘q. Ya’ni har bir oila – bir tarix. Ammo u o‘qishni bilganlar uchun dostondir!

O‘z oilasida baxt topa olmagan inson dunyoning hech bir yerida baxt topa olmaydi. Xo‘sh, bu baxtni topish va uni asrab qolish uchun nima qilishimiz kerak?

Real hayotda sodir bo‘lgan mana bu voqea bizning ana shu savolimizga javob beradi. Ko‘ring va er-xotinlik munosabatidagi 3 asosiy nuqtani hech qachon esdan chiqarmang!

Kanalimizni qo`llab quvvatlang:    / @yoldagiodam  

show more

Share/Embed